Mazkur holat yuzasidan Rishton tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Farg’ona viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Google

Farg’ona viloyati Rishton tumanida 4-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV O‘XB Farg‘ona viloyati bo‘yicha bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro O.Yo. 2 yil 6 oy muddatga avtomashina boshqarish huquqidan mahrum etilgan T.D. ismli ayolning ishonchiga kirib, 800 000 so‘m evaziga, tanishlari orqali belgilangan muddat o‘tganidan so‘ng, haydovchilik guvohnomasini tiklab berishini aytib, pora berishga dalolat qilib, jabrlanuvchidan 800 000 so‘m pullarni Bo‘jay qishlog‘ida olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Rishton tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o’tamiz, yuqorida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish qilish bilan jazolanishi mumkin.

Mavzuga doir:
Farg‘onada noqonuniy “xo‘roz o‘yini”ni tashkil qilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi ochildi
Farg’onada “Damas” voyaga yetmagan piyodaning umriga zomin bo’ldi