Davlatimiz Rahbari tomonidan sanoat tashkilotlariga yosh va malakali, shu bilan birga sohada muayyan yutuqlarga erishgan yirik korxona vakillariga ishonch bildirilib, rahbarlik lavozimlariga jalb qilish lozimligi ta’kidlanmoqda. Bu haqda O’zA yozmoqda.

Foto: RIA Novosti

Shu munosabat bilan Vahobov Davron Abdujalolovich nomzodi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari vazifasiga ma’qullandi va bu taklif Prezident tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Vahobov – yosh va malakali, to‘qimachilik sanoatida loyihalarni shakllantirish, texnologik jihatdan mukammallashtirish va mahsulot sifatini oshirishda katta tajribaga ega.

“Davlatimiz rahbari D. Vahobovga katta ishonch bildirgani bejiz emas. U tomonidan olib borilgan loyihalar chuqur bilim va tajribaga tayangan.

Aynan to‘qimachilik sanoatida loyihalashtirishni, mahsulot marketingi va jahon bozorida raqobatni olib borishni tubdan bilishi va tajribaga ega ekanligi, shu bilan bir qatorda, tadbirkor sifatida soha muammolarini his qila olishi prezidentimiz tomonidan sanoat rivojida katta omil bo‘lishi ta’kidlandi”, – deb yozadi nashr.

Hozirga qadar D. Vahobov tomonidan “Oqsaroy tekstil” , ‘Zarbdor Tekstil”, “Oqsaroy Vorteks”, “Osteks Tekstil Jizzax”, “Sardoba Oqsaroy Tekstil” kabi yirik to‘qimachilik loyihalarini amalga oshirilib, muvaffaqiyatli boshqarib kelinmoqda.

Mavzuga doir:
Hayot Inog‘omov Yangihayot tumani hokimligiga tasdiqlandi
Anvarjon Tojimirzayev yangi tashkil etilgan Davlatobod tumani hokimi etib tayinlandi