Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning yanvar-oktabr oylarida O‘zbekistonda jami 71 trln. 858,0 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan. 2019-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 109,1 foizni tashkil etdi.

Foto: Sputnik

Davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami 2 trln. 977,1. mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarildi. Ularning respublikadagi ulushi 4,1 foizga teng.

Nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlar tomonidan 68 trln. 880,9 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarildi. Ularning respublikadagi ulushi 95,9 foizga teng.

Jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan 19 trln. 738,9 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.

Kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 39 trln. 726,1 mlrd. so‘mni tashkil qilgan.

Mavzuga doir:
Respublikada eng yuqori inflyatsiya qaysi hududda kuzatilgani ma’lum qilindi
O‘zbekiston dastlabki 9 oyda tarvuz eksportidan qancha daromad qilgani ma’lum bo’ldi