Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning yanvar-sentabr oylarida sog‘liqni saqlash sohasini rivojlantirish bo‘yicha o‘zlashtirilayotgan investitsiyalar natijasida 1250 o‘ringa mo‘ljallangan kasalxonalar ishga tushirilgan.

ozarbayjon shifoxona kasalxona
Foto: Trend

Ulardan 270 o‘ringa mo‘ljallangan muassasalar qishloq joylarda faoliyat yuritmoqda.

Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida jami smenada 2025 ta qatnovga mo‘ljallangan ambulator-poliklinikalar ishga tushirildi. Shundan smenada 200 ta qatnovga mo‘ljallangan muassasalar qishloq joylarda ishga tushirildi.

Ma’lumot o‘rnida, 2020-yilning yanvar-sentabr oylarida respublikada ishga tushirilgan:

  • suv tarmog‘i – 1122,3 km (67,7 %i qishloq joylarda);
  • gaz tarmog‘i – 47 km (68,3 %i qishloq joylarda).

Mavzuga doir:
O‘zbekistonda so‘nggi 10 oyda salkam 72 trln. so‘mlik qurilish ishlari bajarildi
Respublikada eng yuqori inflyatsiya qaysi hududda kuzatilgani ma’lum qilindi