2020 yil 16-noyabr coat 13:00 ga qadar O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 70 299 (+56) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog’liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Foto: Google

Yangi kasallanish holatlarining:

  • Andijon viloyatida 5 nafar;
  • Buxoro viloyatida 2 nafar;
  • Surxondaryo viloyatida 2 nafar;
  • Qashqadaryo viloyatida 5 nafar;
  • Namangan viloyatida 10 nafar;
  • Xorazm viloyatida 3 nafar;
  • Toshkent viloyatida 7 nafar;
  • Toshkent shahrida 22 nafar, koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shunday qilib, yurtimizda 67 526 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzaldi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil qilmoqda.

Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, jami ko‘rsatkich 598 nafarga yetdi.

Hozirda mamlakatimizda 2 175 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.