Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2020-yilning yanvar-sentabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 5 458,7 mln. dona tuxum yetishtirilgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich 2019-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 100,8 foizni tashkil etdi.

Foto: Google

Xo‘jalik toifalari bo‘yicha tuxum yetishtirishning eng yuqori hajmi
3 270,1 mln. dona yoki umumiy tuxum yetishtirish hajmidan 59,9 foizi dehqon xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Respublikadagi jami tuxum yetishtirishda eng ko‘p ulushiga ega bo‘lgan hududlar:

  • Toshkent viloyati – 18,1 %;
  • Samarqand viloyati – 17,5 %;
  • Namangan viloyati – 8,5 %;
  • Andijon viloyati – 7,5 %.

Mavzuga doir:
Qo’mita bozorlarda yog‘, tuxum va shakar narxi oshishi sabablarini o‘rgandi
Ortiqcha vazndan qutilishga yordam beradigan mahsulot qaysiligi ma’lum qilindi