O‘zbekiston kecha, 15-noyabr kuni Qirg‘izistonga navbatdagi gumanitar yordamni yubordi. Bu haqda 24 KG xabar bermoqda.

Foto: Dunyo

Xabarga ko‘ra yordam 100 ming juft bir martalik tibbiy qo‘lqop va 10 mingta tibbiyot kombinezoni, 2 mingta tibbiy himoya qiluvchi ko‘zoynak, 10 mingta test sinovlari, 5 ming quti Remdesivir va ming qutidagi Geparin, 4 ming dona natriy xlor, shuningdek shprits va sistemalardan iborat. 

Qirg‘iziston bosh vaziri o‘rinbosari Elvira Surabaldiyeva mamlakatimiz elchisi Xurshid Mirzohidovga yordam uchun minnatdorchilik bildirgan. 

Mavzuga doir:
O’zbekistonga kelgan rossiyalik yana bir guruh shifokorlar missiyasi yakunlandi
Namanganga yangi tayinlangan hokim rossiyalik shifokorlar bilan uchrashdi