2020-yilning 9 oyida O‘zbekiston qiymati 11,7 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 48,9 ming tonna tarvuz eksport qilgan.

Foto: Nasafnews

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu yil mamlakatimizda yetishtirilgan tarvuzlar 13 ta xorijiy davlatlar bozorlariga yetkazib berilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 43,1 ming tonnaga ya’ni qariyb 8,5 baravarga oshgan.

O‘tgan 9 oy mobaynida O‘zbekiston eng ko‘p tarvuz eksport qilgan davlatlar:

  • Qozog‘iston – 32,6 ming tonna;
  • Rossiya – 12,0 ming tonna;
  • Qirg‘iz R. – 3,6 ming tonna;
  • Belorus – 272,9 tonna;
  • Ukraina – 202,7 tonna.

Ma’lumot o‘rnida, 2020-yilning 9 oyida eng ko‘p tarvuz eksport qilgan hududlar:

  • Qashqadaryo viloyati – 8,1 ming tonna;
  • Jizzax viloyati – 6,2 ming tonna;
  • Sirdaryo viloyati – 5,7 ming tonna;
  • Xorazm viloyati – 5,0 ming tonna;
  • Toshkent viloyati – 4,6 ming tonna;
  • Andijon viloyati – 4,6 ming tonna.

Mavzuga doir:
Kichik tadbirkorlik subyektlari eng ko’p qaysi hududda faoliyat yuritishi ma’lum bo’ldi
Joriy yilning o’tgan oylarida O‘zbekistonning iqtisodiy holati qanday o‘zgargani aytildi