Bu haqda 14-noyabr kuni Nukus shahrida Senat Raisi Tanzila Norboyeva ishtirokida bo‘lib o‘tgan 2020-2023 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasini kompleks rivojlantirish dasturining bajarilishini ta’minlash va bu boradagi vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilishda aytib o‘tildi.

Foto: Dunyo

Qayd etilishicha, 2020-2022 yillarda Orolbo‘yida umumiy qiymati 12 trillion 300 milliard so‘m bo‘lgan 1 ming 359 ta investitsiya loyihasi amalga oshiriladi. Shundan 523 million dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar o‘zlashtiriladi va qariyb 20 mingta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Shuningdek, Senat Raisi o‘z nutqida davlat rahbari tomonidan 2-oktabr kuni Jo‘qorg‘i Kengesning navbatdan tashqari sessiyasida hududni rivojlantirish, aholi hayotini yaxshilash bo‘yicha belgilab bergan vazifalarning ijrosini ta’minlashga ham to‘xtaldi.

Ta’kidlanganidek, bu bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasini 2020-2023 yillarda kompleks rivojlantirish dasturi ishlab chiqildi. Dasturda har bir shahar va tumanning “o‘sish nuqta”lari belgilandi hamda ijrosi bo‘yicha mas’ullar belgilandi.

Mavzuga doir:
Test sinovlarida omadi kelmagan abituriyentlar o‘qishga qo‘shimcha qabul qilinadi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri o‘zgardi