Aholiga qulaylik yaratish maqsadida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining “1282” qisqa raqami ishga tushirildi. Bu haqda agentlikning axborot xizmati xabar berdi.

Foto: SSV axborot xizmati

Endilikda fuqarolar respublikaning istalgan hududidan tashqi mehnat migratsiyasi, xususan, xorijda ishlash, mehnat migrantlari uchun yaratilgan imkoniyat va imtiyozlar hamda ularni qiziqtiryotgan boshqa turli masalalar yuzasidan ushbu qisqa raqam orqali ham murojaat qilishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Tashqi mehnat migratsiyasi qo‘ng‘iroqlar markazining 71 202-33-55, 71 200-00-61 raqamlari ham mavjud.

Mavzuga doir:
3 ta Xususiy bandlik agentligi litsenziyasi bekor qilindi
249 nafar o’zbekistonlik Irkutsk va Amurga ishlash uchun jo‘nab ketdi