2020-yilning yanvar-oktabr oylarida O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy holati to‘g‘risida ma’lumotlar e’lon qilindi.

Foto: Dunyo

Davlat statistika qo‘mitasi taqdim etgan ma’lumotiga ko’ra, 2020-yilning yanvar-oktabr oylarida O‘zbekistonda sanoat ishlab chiqarish fizik hajmi indeksi 98,4 foizga teng bo‘ldi.

Shuningdek, chakana savdo tovar aylanmasi o‘sish sur’ati 1,2 foiz, tashqi savdo aylanmasi o‘sish sur’ati 7,6 foiz, shundan eksportning o‘sish sur’ati 2,6 foiz, importning o‘sish sur’ati 4,0 foizni tashkil qildi.

Qurilish ishlari hajmining o‘sish sur’ati – 9,1 foiz, xizmatlar hajmining o‘sish sur’ati 2,2 foizga teng bo‘ldi.

Ro‘yxatdan o‘tgan kichik tadbirkorlik sub’yektlari soni – 424 395 ta, faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik sub’yektlari soni – 398 771 ta, ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni – 490 718 ta, faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 462 584 tani tashkil etdi.

Mavzuga doir:
O’zbekistonda dastlabki 9 oyda qancha tuxum yetishtirildi?
O’zbekiston aholisi qaysi davlat organlaridan noroziligi ma’lum bo‘ldi
O’zbekistonda 9 oyda qancha turar joy foydalanishga topshirilgani aytildi