Mazkur hodisa yuzasidan Jizzax shahar IIO FMB YHXB va FVB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.

Foto: YHXB axborot xizmati

Xabarga ko‘ra, joriy yilning 16-noyabr kuni soat 10:45larda, Jizzax viloyati, Jizzax shahar, Qassoblik mahallasi, Sharof Rashidov shox ko‘chasida harakatlanib ketayotgan “Howo” rusumli yuk avtomobilida yong‘in yuzaga kelgan. Haydovchi transport vositasini to‘xtatib tushishga ulgurgan.

Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Yuk avtomobilining salon va dvigatel qismlari yong‘indan zararlangan.

Mazkur hodisa yuzasidan Jizzax shahar IIO FMB YHXB va FVB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, yong‘in sabablariga aniqlik kiritilmoqda.

Mavzuga doir:
Farg’onada 4-sinf o’quvchisi “Damas”da 2 yoshli qizaloqning umriga zomin bo’ldi
Termizda prokuratura xodimlari YTH qurboniga aylandi
Toshkentda “Lacetti” avtomobili evakuator bilan to’qnashdi