Gonkongda turarjoy binosida kelib chiqqan yong‘in natijasida kamida yetti kishi halok bo‘ldi, yana 17 kishi jarohatlandi, deb yozadi South China Morning Post gazetasi.

Foto: RIA Novosti

Xabarlarga ko‘ra, yong‘in mahalliy vaqt bilan yakshanba kuni oqshom boshlangan. Yong‘in binoning pastki qavatlariga tarqalgandan so‘ng to‘rt nafar erkak va uch nafar ayol hayotdan ko‘z yumdi.

Gazetaning ma’lum qilishicha, kamida 17 kishi shifoxonaga yotqizilgan.

O‘t o‘chiruvchilar bir yarim soatda yong‘inni bartaraf etishga muvaffaq bo‘lishgan.

Mavzuga doir:
Gonkongda ilk marta koronavirusni qayta yuqtirish holati qayd etildi
Koronavirus odam organizmiga moslashib oldi, endi yuqishi tezlashadi – olimlar