Seysmologlar dushanba kuni Filippin qirg’oqlarida 6 balli zilzilani qayd etishdi. Bu haqda respublikaning vulqonologiya va seysmologiya instituti xabar bermoqda.

Foto: Google

Unga ko’ra, zilzila epitsentri Janubiy Surigao viloyatidagi San-Agustin munitsipalitetidan 29 km. janubi-sharqda joylashgan. Zilzila markazi 33 km. chuqurlikda joylashgan. Shuningdek, mutaxassislar takroriy silkinishlar va vayronagarchiliklar ehtimoli haqida ma’lumot berishgan, sunami xavfi yo’q.

Hozircha qurbonlar va vayronagarchiliklar to’g’risida ma’lumot olinmagan.

Avvalroq, Yevropa-O’rta yer dengizi seysmologik markazining ma’lumotlariga ko’ra, Mindanao orolida 5,9 balli zilzila sodir bo’lgan. Unga ko’ra, zilzila epitsentri Aras-Asan shahridan 20 km. janubi-sharqda joylashgan. Zilzila markazi 66 km. chuqurlikda joylashgan. Qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida ma’lumot yo’q.

Mavzuga doir:
Vodiy viloyatlarida zilzila sodir bo’ldi
O’zbekistonda yer silkinishi qayd etildi