Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Qorabog’dagi jangovar zonaga yaqin joylashgan armiya nazorati ostiga olingan Fizuli va Jebrayil shaharlariga tashrif buyurdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Foto: Google

“16-noyabr kuni Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev va birinchi xonim Mehribon Aliyeva ishg’oldan ozod qilingan Fizuli va Jebrayil viloyatlari, shu jumladan Fizuli va Jebroyil shaharlarida bo’lishdi”, – deb yozilgan Aliyevning matbuot xizmati xabarida..

Tog‘li Qorabog‘dagi janglar 27-sentabrda boshlangandi. Ozarbayjon va Armaniston sulh to‘g‘risida kelishib olishga bir necha bor urinishgan. Ammo har safar tomonlar bir-birini sulh bitimini buzishda ayblab kelishayotgandi.

Avvalroq Rossiya, Armaniston va Ozarbayjon rahbarlari Qorabog’da o’t ochishni to’xtatish to’g’risida qo’shma bayonot qabul qilishgani haqida xabar bergandik. 

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti tomonidan keltirilgan bayonotga ko’ra, 10-noyabrda Tog’li Qorabog’da to’liq sulh boshlanadi, Ozarbayjon va Armaniston egallab turgan pozitsiyalarida to’xtaydi, shuningdek, harbiy asirlarni almashtirishlari lozim bo’ladi.

Mavzuga doir:
Erdo’g’an Ozarbayjonga harbiy kuchlarini jo’natishni rejalashtirmoqda – OAV
“Vatan urushi tugadi. Ozarbayjon g’alabaga erishdi” – Aliyev