AQSh prezidenti Donald Tramp saylovdagi mag’lubiyatini tan olmasligini aytdi.

Foto: Google

Unga ko’ra, Demokratik partiyadan nomzod Jo Bayden faqat “soxta ommaviy axborot vositalari” nazarida g’alaba qozondi.

Men hech narsani tan olmayman! Bizning oldimizda hali ancha yo’l bor. Bu soxta saylovlar edi!“- deb yozdi Tramp Twitter’da.

Uning fikriga ko’ra, faqat soxtalashtirishlar Baydenga prezidentlik poygasini boshqarishga imkon bermoqda.

“U g‘ababa qozondi, chunki saylovlar soxtalashtirilgan edi. Kuzatuvchilarga ruxsat berilmadi, ovozlar obro‘si va uskunalari yomon bo‘lgan so‘l radikal “Dominion” xususiy kompaniyasi tomonidan hisob-kitob qilindi: u esa men katta ustunlik bilan g‘alaba qozongan Texasda, hatto, kvalifikatsiyadan ham o‘tmadi, yana “soxta” va indamas OAV va hokazo!” — deya yozgan Tramp Twitter’da.

Sal avval AQSh prezidenti Donald Tramp lavozimidan ketish shartini aytgandi.

AQShda prezident saylovlari 3-noyabr kuni bo‘lib o‘tdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Jo Bayden g‘alaba qozondi. Amerikadagi yirik OAV uning g‘alabasini e’lon qildi.

Lekin AQShning amaldagi prezidenti, respublikachi Donald Tramp saylovlar hali tugamaganligini, o‘z g‘alabasini sudda himoya qilmoqchi ekanligini bildirdi.