Xalqaro M-34 yo‘lidagi ko‘prik ta’mirtalab holga kelganligi sababli yuk mashinalari uchun boshqa yo‘l ochilgan. Bu haqda YHXBB axborot xizmati xabar berdi.

Foto: YHXBB axborot xizmati

Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumani hududidan o‘tgan xalqaro ahamiyatdagi M-34 “Toshkent-Dushanbe” avtomobil yo‘lining 90-kilometri, “Sho‘ro‘zak” kollektori ustida joylashgan temir-beton ko‘prikning yuk ko‘tarish qobiliyati pasayib, ta’mirtalab holga kelib qolgani uchun Sirdaryo viloyatiga kiruvchi va chiquvchi yuk avtotransport vositalarining ushbu ko‘prik orqali harakati vaqtincha taqiqlandi.

“Toshkent-Jizzax” yo‘nalishi bo‘yicha vaqtincha viloyat hududiga kirib kelayotgan yuk tashuvchi avtotransport vositalarining qatnovi xalqaro ahamiyatdagi M-34 “Toshkent-Dushanbe” avtomobil yo‘lining 70-83 kilometri, mahalliy ahamiyatdagi 4K-643 “Sirdaryo sh-Malik q-Baxt sh” avtomobil yo‘lining 0-5 kilometri, 4K-642 “Sindorobod q-Safar ota q-Malik q-Baxt sh” avtomobil yo‘lining 9-17 kilometri hamda M-34 “Toshkent-Dushanbe” avtomobil yo‘lining 94-104 kilometri orqali, shuningdek, “Jizzax-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha A-373 “M-39 avtoyo‘li-Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon va Andijon orqali-O‘sh” avtomobil yo‘lining 38-56 kilometri, davlat ahamiyatidagi 4R-25 “A-373 avtoyo‘li-Sayhun q-Baxt sh-Qozog‘iston Respublikasi chegarasi” avtomobil yo‘lining 24-33 kilometri, mahalliy ahamiyatdagi 4K-657a “Sayhunobod TYXPDFKga” avtomobil yo‘lining 0-1 kilometri, 4K-657a “Sirdaryo DFXUga” avtomobil yo‘lining 0-10 kilometri uchun davlat ahamiyatidagi 4R-26 “Sirdaryo sh-Dehqonobod q-Qiyot q-Bekobod sh» avtomobil yo‘lining 8-18 kilometri hamda 4R-26a “M-39 avtoyo‘liga (871 km) shaxobcha” avtomobil yo‘lining 0-12 kilometrlari orqali harakat tashkil etilgan.

Mavzuga doir:
Sirdaryoda fuqaro YHXB xodimiga $50 pora bergan vaqtida ushlandi
Sayxunobodda 18 yashar haydovchi YTH oqibatida halok bo’ldi
Oqoltinda yuk mashinasi ag‘darilib ketdi