Armaniston kuchlari Tog’li Qorabog’da Ozarbayjon qurolli kuchlarining ikkita vertolyoti va uchuvchisiz uchish apparatini urib tushirdi, dedi Armaniston mudofaa vazirligi matbuot kotibi Shushan Stepanyan.

Foto: RIA Novosti

Uning so’zlariga ko’ra, tan olinmagan respublika havo va raketa hujumlariga uchragan.

Keyinchalik Stepanyan Ozarbayjon harbiylari talafot ko’rganligi va uchta tankini yo’qotgani haqida xabar berdi. Ushbu ma’lumot Ozarbayjonda hali tasdiqlanmagan.

Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan, o’z navbatida, Ozarbayjon Qorabog’ yo’nalishi bo’yicha hujum boshlanganini aytgan.

“Mudofaa armiyasi hujumga muvaffaqiyatli qarshi turadi. Vaziyat jadallashib bormoqda, ma’lumotlar umumlashtiriladi va kerak bo’lganda jamoatchilikka e’lon qilinadi”, – deb yozgan u Facebook’da.

Tog’li Qorabog’ prezidentining matbuot kotibi ham Ozarbayjon tomonidan o’qqa tutilgani to’g’risida bayonot bergan. Unga ko’ra tinch aholi punktlari, shu jumladan tan olinmagan respublikaning poytaxti Stepanakert shahri o’qqa tutilgan.

Mavzuga doir:
Karantindan keyin o‘zbekistonliklar qaysi davlatlarga borishni xohlamoqda?
Yaponiya kelasi oydan o‘z chegaralarini chet elliklar uchun ochadi

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Armaniston Qurolli Kuchlari o’q uzganini, u Terter, Og’dam, Fizuli va Jebroil viloyatlaridagi qishloqlarga qarata o’q uzganini da’vo qilmoqda. Vazirlik ma’lumotlariga ko’ra, tinch aholi orasida o’lganlar va yaradorlar bor. Ozarbayjon kuchlari javob choralarini ko’rmoqda, degan Mudofaa vazirligi.

Keyinchalik Boku Armanistonning 12 ta zenit tizimini yo’q qilganini ma’lum qilgan.