Belarus Mudofaa vazirligi Litva tomonidan mamlakat havo hududini buzishga qaratilgan “provokatsiya”ni oldini oldi. Bu haqda Belarus Mudofaa vazirligi xabar qildi.

Foto: RIA Novosti

Mudofaa vazirligi oʻtgan yakshanba kuni Belarusning havo hududini buzishga urinish yuz bergani haqida maʼlumot berdi.

“Taxminan soat 19:30 larda havo kuchlari va havo mudofaasi kuchlari tomonidan Litva Respublikasidan Oshmyan viloyatining Volkovshina aholi punktida provokatsiyani oldi olindi. Qoʻshni hududdan davlatga qarshi ramzlarga ega boʻlgan 8ta shardan iborat zond uchirildi”, – deyilgan xabarda.

Havo hujumiga qarshi MI-24 vertolyotlari ekipajlari tomonidan qurol ishlatmasdan sharlarning parvozini toʻxtatdi.

Mavzuga doir:
Lukashenko o‘z qarorgohiga avtomat ko‘tarib keldi
Bu ularning ichki ishi – Kreml Belarusdagi vaziyatga izoh berdi
Belarus hukumati vakolatlari tugatildi

Belarus Mudofaa vazirligi holat yuzasidan tegishli materiallarni tayyorladi va ularni mamlakat Tashqi ishlar vazirligiga yubordi. Litvaga tegishli nota tayyorlanadi.