Wi-Fi routerlar inson salomatligi uchun xavfli deb hisoblovchilar istagancha topiladi. Bu haqda Ferra yozmoqda.

Foto: Google

Chindan ham zararlimi, u holda routerni qayerga o‘rnatgan ma’qul? Sinergiya universitetining axborot texnologiyalari instituti direktori Stanislav Kosarev bu masalaga oydinlik kiritdi.

“Haqiqatan ham, boshqa elektr jihozlar kabi, Wi-Fi-router ham o‘zidan elektromagnit nurlarni taratadi. Biroq buning salbiyligini isbotlovchi bironta dalil yo‘q. Nurlanish oddiy elektr choynakdan ham chiqadi, biroq biz undan xavfsiramaymiz-ku”, — ta’kidladi mutaxassis.

Mavzuga doir:
Navoiy shahrining barcha hududi bepul Wi-Fi bilan qamrab olinadi
Xivadagi maxsus hudud “Wi-Fi” bilan to’liq qamrab olinadi

Bevosita Wi-Fi to‘lqinlarning zararini o‘rganish uchun olimlar juda ko‘p tadqiqotlar o‘tkazishgan. Biroq hali ularning birontasi zararni topganini rasman ma’lum qilgan emas.

Biroq shunda ham, router kasal qilishidan qo‘rquvchilar bo‘lsa, uni yotoqxonadan uzoqroqqa joylashtirishni maslahat beramiz. Kechasi esa tokdan uzib qo‘yib, routerdan «qutulishingiz» mumkin, deydi Kosarev.