Orenburg va Samara viloyatlarining Rossiya-Qozog‘iston chegarasida to‘plangan 3,5 mingdan ortiq Qirg‘iziston va O‘zbekiston fuqarolari uylariga keta boshladilar. Bu haqda RIA Novosti Orenburg viloyati hokimligiga asoslanib xabar berdi.

Foto: Tvsamara

Viloyat hokimligiga ko‘ra, Rossiya-Qozog‘iston chegarasida, Orenburgning Buzuluk tumani va Samara viloyati hududida 3 mingga yaqin Qirg‘iziston fuqarolari va 500 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolari to‘plangan.

“Buzuluq tumani va Samara viloyati hududidagi Qirg‘iziston fuqarolari bugun va ertaga Qozog‘iston Respublikasi chegarasi orqali o‘tkazilib, vatanlariga jo‘natiladi.

Qirg‘iziston fuqarolarining umumiy soni qariyb 3 ming kishini tashkil etadi. O‘z uylariga qaytishni istayotgan 500 nafar atrofidagi o‘zbekistonliklar 6-avgust kuni chegarani kesib o‘tishlari mumkin, ular o‘z vatanlariga temir yo‘l orqali boradilar”
, — deyiladi viloyat ma’muriyati xabarida.

Mavzuga doir:
Rossiyadagi mehnat migrantlari orasida jinoyatchilik o‘sayotgani ma’lum qilindi
Rossiyada migrantlarga ishlash huquqini berish murakkablashtirilishi mumkin

Nashr olgan ma’lumotga ko‘ra, muhojirlar to‘plangan hududda ko‘plab qariyalar, homilador ayollar va bolalar bor.