Quduq tubida kislorod yetarli bo‘lmaganligi sababli uning sog‘lig‘i kutilmaganda yomonlashib qoladi.

Foto: FVV axborot xizmati

Toshkent viloyati Toshkent tumani Bunyodkor mahallasi Yangi zarbuloq ko‘chasida yashovchi A.A. ismli fuqaro o‘z xonadonining darvozasi yaqinida qurilgan oqava suv  uchun mo‘ljallangan chuqurligi 6 metrdan ortiq bo‘lgan quduqqa uning ichidagi yog‘ochlarni olib chiqish uchun tushgan. 

FVV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, quduq tubida kislorod yetarli bo‘lmaganligi sababli uning sog‘lig‘i kutilmaganda yomonlashib qoladi. Unga yordam berish uchun tushgan fuqaro B.U.ning ham sog‘lig‘i yomonlashadi. 

Shu vaqt quduq ichidan yordam so‘rab kelayotgan ovozni eshitgan fuqaro A.A. ning o‘g‘li Qutqaruv xizmatiga qo‘ng‘iroq qiladi.

Mavzuga doir:
Toshkentdagi Jomiy bozorida sodir bo‘lgan yong‘in bartaraf etildi
Surxondaryoda “Damas” kanalga tushib ketdi
“O‘zgidromet” vodiy viloyatlari aholisini sel xavfidan ogohlantirdi

Voqea joyiga zudlik bilan yetib kelgan qutqaruvchilar quduq ichida hushini yo‘qotayozgan ikki nafar fuqaroni yuqoriga olib chiqib, ularga zarur yordamlarni ko‘rsatgan.