O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi yengil zirhli avtomobilini ishlab chiqarmoqda. Bu haqda qo’mitaning axborot xizmati xabar qilmoqda.

Foto: Oboronprom

Milliy armiyamizni yurtimizda ishlab chiqarilgan zamonaviy qurol va harbiy texnikalar bilan ta’minlash maqsadida Davlat mudofaa sanoati qo‘mitasi mamlakatimizning maxsus uskunalarini ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi korxonalaridan biri “KRAN VA MAXSUS TEXNIKALAR” MChJ bilan hamkorlikda “TARLON” (4×4) rusumli yengil zirhli avtomobilning (YeZA) tajriba namunasi ishlab chiqarilmoqda.

O‘qlar va portlashlardan himoya etuvchi YeZA shaxsiy tarkibni tashish, ularni jang maydonida o‘q-dori va portlovchi moddalardan himoya qilish, xavfli hududlarda maxsus vazifalarni bajarish, mobil guruhlar va blokpostlarga olovli madad berish, qo‘shinlarni va avtotransport kolonnalarini himoya qilish, jangovar patrullik va boshqa jangovar vazifalarni bajarish uchun mo‘ljallangan.

Mavzuga doir:
Chust tumanida “Changan” brendi ostida kichik yuk avtomobillari ishlab chiqariladi
Oʻzbekistonda iyun oyida eng koʻp “Cobalt” avtomobili ishlab chiqarildi
Hind kompaniyasi Oʻzbekistonda avtomobil diskalari va yoritish jihozlarini ishlab chiqarmoqchi

Shuni ta’kidlash kerakki, o‘zining texnik va jangovar xususiyatlariga ko‘ra “TARLON”, yetakchi xorijiy davlatlarning shu turkumdagi yengil zirhli avtomobilaridan aslo qolishmaydi, deyiladi xabarda.