O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat organlari va tashkilotlarida erkin tarqatiladigan, ochiq kodli dasturiy ta’minotlarni joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Foto: Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati

Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.

“Mazkur hujjatga muvofiq 2021 yil 1 yanvardan boshlab barcha davlat organlari va tashkilotlarida erkin tarqatiladigan, ochiq kodli dasturiy, sertifikatlangan va axborot xavfsizligi talablariga javob beradigan barcha turdagi dasturiy ta’minotlardan foydalanish tizimi joriy etiladi.

Shunday qilib barcha davlat idoralari “erkin soft”dan foydalanish, ya’ni uni cheklanmagan holda o‘rnatish, ishga tushirish, erkin foydalanish va tarqatish imkoniyatga ega bo‘ladi” – deyiladi xabarda.

Qaror loyihasi muhokamasi 22-iyul kunigacha davom etadi.

Mavzuga doir:
Vazirlar Mahkamasida tayinlov amalga oshirildi
O‘zbekistonda tamakichilik klasteri tashkil etiladi
Xivadagi maxsus hudud “Wi-Fi” bilan to’liq qamrab olinadi