27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni arafasida yurtimizda yangi ommaviy axborot vositalari o‘z faoliyatini boshladi.

Foto: O’zA

Bir guruh tashabbuskor yoshlar tomonidan tashkil etilgan Biz-TV onlayn telekanali (www.biztv.uz) va Biz-FM onlayn radiosi (www.bizfm.uz) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan davlat ro‘yxatiga olingan.

Teleradiokanal madaniy-ko‘ngilochar yo‘nalishda bo‘lib, asosiy auditoriya xorijdagi vatandoshlarimiz hisoblanadi. Dasturlar jadvalidan rang-barang ko‘rsatuvlar, dunyo bo‘ylab istiqomat qiluvchi o‘zbekistonliklarning bugungi turmush tarzi, yutuq va muvaffaqiyatlari, hayotiy tajribalarini aks ettiruvchi dasturlar, motivatsion telemahsulotlar, milliy kino, serial va musiqalar o‘rin olishi rejalashtirilgan.

Teleradiokanalning Biz-TV mobil ilovasini AppStore va PlayMarket dan yuklab olish mumkin.

Bundan tashqari tomoshabinlar tez kunda All Play, ITV, Telecom TV, MediaBay, Beeline TV, Mobi TV orqali ham Biz-TV efirini kuzatib borish imkoniga ega bo‘ladi.