Qashqadaryo viloyatidagi tuman va shahar hokimlari ham respublikamiz bo‘ylab davom etayotgan chellenjda ishtirok etmoqda. Bu haqida “Nasafnews” nashri xabar bermoqda.

Ular koronavirus kasalligidan odamlarni himoyalash maqsadida uydan chiqmaslikni tavsiya etishmoqda.

Mazkur mashhur chellenjda ishtirok etgan ayrim hokimlarning suratlarini e’lon qilishni lozim deb topdik, deyiladi xabarda.


Hurmatli fuqarolar, koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sabab vahima ko‘tarishga asos yo‘q. Virusni yuqtirib olmaslik uchun sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilishingizni so’raymiz.