Dunyoda COVID-19 koronavirusi bilan kasallanish soni 451 ming kishidan oshdi, shu bilan birga 20 mingdan oshiq odam ushbu infeksiya tufayli vafot etdi, ushbu ma’lumot Jon Xopkins Amerika universiteti ma’lumotlariga asoslanib tayyorlandi.

Universitet ma’lumotlariga ko’ra, hozirda 451, 355 kishi COVID-19 bilan kasallangan, 20, 499 kishi vafot etgan.
Infeksiyaning eng ko’p holatlari Xitoyda qayd etilgan – 81, 661, Italiya – 74, 386, AQSh – 60, 115 va Ispaniya – 47, 610 ta.
Ularning ortidan Germaniya – 35, 740 ta, Eron – 27, 017 va Fransiya – 22, 654 ta.
O’limning eng ko’p soni Italiyada – 7, 503, Xitoyda – 3, 285.
Dunyoda jami 112, 982 kishi koronavirusdan davolangan.
Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 150 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi.