Joriy yilning 23 mart kuni tunda, koronavirusga qarshi kurash va uning oldini olish maqsadida Namangan shahrining asosiy ko‘chalari maxsus transport yordamida dezinfeksiya qilindi.

Shahar hokimligi, IIB, Milliy gvardiya va sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi xodimlari tomonidan tashkillangan tadbir davomida Bobur, Navoiy va Uychi ko‘chalariga kuchli purkagichlar orqali maxsus kimyoviy birikma sepildi.



Ma’lumot uchun, 15 mart kuni O’zbekistonda yangi turdagi koronavirusning birinchi holati aniqlandi. Hozirgi vaqtga kelib ushbu virusni yuqtirib olganlar soni 49 nafarni tashkil etmoqda.
Hurmatli fuqarolar, koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sabab vahima ko‘tarishga asos yo‘q. Virusni yuqtirib olmaslik uchun sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilishingizni so’raymiz.