Joriy yilning 24 martdan boshlab “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi barcha respublika ichidagi aviaqatnovlarini noma’lum muddatga bekor qilishi haqida xabar berdi. Bu haqida aviakompaniya axborot xizmati yozmoqda.

Aviakompaniya ushbu vaziyatni tushunishingizni so’raydi, shuningdek, qatnovlar qayta tiklanganidan keyin aviachiptalaringizni istalgan sanaga qayta bron qilish imkoniyati mavjudligi haqida eslatib o’tadi.