Bu haqida Vazirlar mahkamasi huzuridagi Epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi, Davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ma’lum qildi.

Xabarda aytilishicha, ayni vaqtda virusologiya ilmiy tekshirish institutida bo‘lib turgan 42 nafar bemorning 9 nafarida o‘pkaning yallig‘lanishi, ya’ni pnevmoniya holati qayd qilingan. Og‘ir ahvoldagi bemorlar yo‘q.
Koronavirusdan saqlanish uchun har bir fuqaro quyidagi tavsiyalarga amal qilishi kerak:
• avvalo chet elga borishni rejalashtirishda dunyodagi epidemik vaziyat bo‘yicha to‘liq ma’lumotlardan xabardor bo‘ling!
• zarurat bo‘lmagan taqdirda ommaviy tadbirlarda ishtirok etishdan imkon qadar cheklaning!
• qo‘llarni tez-tez, yaxshilab sovun bilan yuving va spirtli dezinfeksiyalovchi vositalardan foydalaning!
• farazandlaringizning qo‘l yuvishini doimiy nazoratga oling!
• yuz-ko‘zingizni notoza qo‘l bilan ushlamang!
• uy hayvonlarini boqishda, asrashda gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qiling!
• odamlar oldida yo‘talganingizda yoki aksirganingizda og‘zingiz va burningizni dastro‘mol, salfetka yoki bukilgan tirsagingiz bilan to‘sing!
• shamollash yoki gripp alomatlari bor odamlar bilan yaqin, yuzma-yuz muloqot qilishdan cheklaning!
• ovqatlanishda yaxshilab pishirilgan, asosan qaynatilgan va qovurulgan taomlardan iste’mol qiling, iste’mol qilinayotgan go‘sht va sut mahsulotlarining yaxshilab pishganligiga ishonch hosil qiling!
• isitma, yo‘tal va nafas qisishi holatlari paydo bo‘lganda darhol shifokorga murojaat qiling!
Eng asosiysi shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qiling!
Agarda sizda COVID-19 koronavirus infeksiyasi va u bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan qo‘shimcha savol tug‘ilsa, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining 71 276-49-66 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.
Hurmatli fuqarolar, koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sabab vahima ko‘tarishga asos yo‘q. Virusni yuqtirib olmaslik uchun sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilishingizni so’raymiz.