Aholining kundalik ehtiyoji inobatga olingan holda bir qator savdo muassasalari faoliyati to‘xtatilmaydi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi tomonidan ma’lum qilindi.

Unga ko‘ra, Toshkent shahrida:
— dehqon bozorlari;
— supermarketlar;
— oziq-ovqat do‘konlari
— shifoxonalar;
— poliklinikalar;
— aptekalar;
— turli taomlarni yetkazib berish xizmati faoliyati to‘xtatilmaydi.
Ular avvalgi tartibda ishlashni davom ettiradi, deyiladi xabarda.