“Rospotrebnadzor” davlat virusologiya va biotexnologiya ilmiy markazida rossiyalik olimlar tomonidan yangi SARS-CoV-2 koronavirusining mikroskop ostidagi birinchi suratlari olingan, deya xabar beradi “TASS” agenligi.

“Suratlar salbiy kontrast yordamida JEM-1400 elektron uzatish elektron mikroskopi yordamida olingan. Zarrachalar hajmi 100-120 nm”, deyiladi xabarda.
19 mart tonggiga qadar dunyo boʻyicha koronavirusga chalinganlar soni 219 561 nafarga yetdi. Shundan 7882 nafari (sutkasiga +744 kishi) vafot etgan, sogʻayganlar 81102 (+2898) kishini tashkil qilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sabab vahima ko‘tarishga asos yo‘q. Virusni yuqtirib olmaslik uchun sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilishingizni so’raymiz.