Andijon viloyat hokimligi hamda transport boshqarmasi tashabbusi bilan Toshkent shahridan Andijon viloyatiga ketishi rejalashtirgan talaba yoshlar va fuqarolarni olib kelish maqsadida 17 mart soat 17:00 da Andijon shahridan Toshkent shahriga 20 dona yengil avtomobillardan tashkil topgan “Avto karvon” yo‘lga chiqdi, deb xabar bermoqda Transport vazirligi axborot xizmati.

Andijon viloyati transport boshqarmasi rahbarligida ushbu avtakarvon 18 mart kuni soat 09:00 da Toshkent shahrining “Qo‘yliq” avtoturargohidan yo‘lovchilar bilan Andijon viloyatiga qaytadi. Mazkur avtokarvon bilan yo‘lovchilar Andijon viloyatiga bepul olib ketiladi. Yo‘lovchilar belgilangan muddatda “Qo‘yliq” avtoturagohiga yetib kelishlarini so‘raymiz, deyiladi xabarda.