Fransiya sogʻliqni saqlash vaziri Olivye Veran koronavirus bilan bemorlangan shaxslar uchun ayrim dori preparatlarini isteʼmol qilish xavfliligi haqida bayonot berdi. Bu haqida Veran Twitter’da yozib qoldirgan.

Fransiya sogʻliqni saqlash vazirining soʻzlariga koʻra, agar koronavirusni yuqtirgan bemor yalligʻlanishga qarshi preparatlarni qabul qilayotgan boʻlsa, u holda bu uning salomatligi uchun xavf tugʻdirishi mumkin.
Ibuprofen va kortizon kasallikni yanada ogʻirlashtirishi mumkin, deya taʼkidlaydi Veran.
“Temperaturani tushirish uchun, paratsetamol qabul qilgan maʼqul”, – deya tushuntiradi Veran.
U shuningdek, biron bir savol tugʻilganda yoki shubha paydo boʻlganida shifokorlar bilan maslahatlashish zarurligini qoʻshimcha qilgan.
Fransiyada koronavirusga chalinganlik bilan bogʻliq 4 469 ta holat qayd etilgan, 91 kishi vafot etgan.