Bu haqida Ichki ishlar vazirligining axborot xizmati ma’lum qildi.

Bunga ko’ra:

General-mayor Djurayev Rustam Mirzayevich
O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi qo‘mondoni lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar R.Djurayev, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari – Toshkent shaxar IIBB boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

General-mayor Sobirov Shuxratjon Urinbayevich
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar Sh.Sobirov, Andijon viloyati IIB boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Polkovnik Tashpulatov Aziz Anvarovich
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari – Toshkent shahar IIBB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar A.Tashpulatov, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Polkovnik Tasbayev Azat Damirovich
Andijon viloyati IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar A.Tasbayev, O‘zbekiston Respublikasi IIV O‘z xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.