Turkiyaning Aksaray – Adana trassasida avtobus ishtirokidagi avtohalokatda kamida 40 kishi jarohat oldi. Bu haqida shanba kuni “Haber Turk” xabar berdi, deb yozmoqda “TASS”.

O’t o’chiruvchilar va qutqaruvchilar zudlik bilan voqea joyiga borishdi.
Halokat sabablari va boshqa tafsilotlar haqida ma’lumot hozircha olinmagan, deyiladi xabarda.