Ukraina yangi koronavirusning dunyoda tarqalishi munosabati bilan chet el fuqarolari uchun kirishni ikki kun ichida va ikki haftaga yopadi, dedi Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Aleksey Danilov.

“48 soat ichida mamlakatimiz chet el fuqarolari uchun chegarani yopadi. Tashqi ishlar vazirligi endi barcha muassasalarni, barcha davlatlarni ogohlantiradi … Ikki hafta ichida vaziyat qanday rivojlanayotganiga qarab, biz Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashining qarorini qabul qilamiz”, dedi Danilov, Kievda juma kuni Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi yig’ilishidan keyin o’tkazilgan brifingda.