Rossiya avtobozorini tark etishga tayyorgarlik koʻrayotgan Ravon kompaniyasi ushbu mamlakatda taqdim etayotgan barcha rusumdagi avtomobillari narxini tushirdi. “Xalq so’zi” bu haqida yozmoqda.

“Sena Avto” portali maʼlumotiga koʻra, mart oyidan boshlab R2, Nexia R3 va R4 modellari mos ravishda 7 mingdan 49 ming rublgacha arzonlashtirilgan.
Masalan, hozirgi kunda R2 xetchbeki 639 ming-689 ming rubldan taklif etilmoqda. Bu oldingi narxidan 7 ming-9 ming rubl arzondir.
Nexia R3 narxi esa 28 mingdan 49 ming rublgacha pasayib, 639 ming-699 ming rublgacha sotilyapti.
Ravon R4 brendi ham 13 ming-19 ming rublgacha arzonlashib, 659 ming – 739 ming rublgacha taqdim etilyapti.
Daily Motor manbasiga koʻra, 2020-yil oʻrtalariga kelib Ravon savdo belgisi Rossiya, Qozogʻiston va Belarus bozorlarini tark etadi. Ular Chevrolet markalariga almashtiriladi.