Eron Islom Respublikasiga insonparvarlik yordamini yuborish to‘g‘risida Hukumat farmoyishi (140-f-son, 12.03.2020 y.) qabul qilindi.

Farmoyishga ko‘ra, Eron Islom Respublikasi hukumatining koronavirus kasalligi tarqalishini bartaraf etish uchun zarur buyum va vositalar bilan ta’minlashda yordam ko‘rsatish yuzasidan murojaatini qo‘llab-quvvatlash, ushbu infeksiyaga qarshi kurashish bo‘yicha birgalikdagi say-harakatlarni kuchaytirish maqsadida Eronga quyidagi tibbiy buyumlar shaklida insonparvarlik yordami yuboriladi:
- bir martalik steril tibbiy qo‘lqoplar;
- himoya qiluvchi kombinezon;
- maxsus tibbiy forma;
- tibbiy niqoblar;
- tibbiy doka;
- tibbiy spirt;
- gigienik gel’;
- “Rutan” tabletkalar.
Insonparvarlik yukini kuzatib borish va topshirish uchun Eronga Favqulodda vaziyatlar vazirining o‘rinbosari boshchiligida O‘zbekiston delegatsiyasi yuboriladi.