“Radar” o‘rnatilgan hududda belgilangan tezlik oshirib yuborilganda “radar” va avtomashinaning spidometr ko‘rsatkichi yo‘l qo‘yishi mumkin bo‘lgan jami nuqsonlar inobatga olinadi. Bu haqida “Huquqiy axborot” ma’lumot berdi.

Shuning uchun, “radar” belgilangan tezlikdan soatiga 5 kilometrdan oshiq bo‘lganini ko‘rsatgan taqdirda haydovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuziladi.
Masalan, belgilangan harakat tezligi 70 km/soat etib belgilangan hududda haydovchi 76 km/soat va undan yuqori tezlikda harakatlanganda unga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuziladi. Agar haydovchi ushbu hududda 70-75 km/soat tezlikda harakatlansa, bunday holatda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirish mumkin emas.
Ushbu talabga rioya etilmagan holda rasmiylashtirilgan ma’muriy bayonnoma ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish uchun qabul qilinmaydi.