Yakshanba kuni tushdan keyin Germaniyada 900 dan ortiq koronavirus kasalligi aniqlangan. Bu haqida “Thelocal” nashri xabar bermoqda.

Ma’lum bo’lishicha 60 yoshli erkak Misrga bir hafta oldin borgan, deb xabar beradi Misr Sog’liqni saqlash vazirligi yakshanba kuni. Bu, shuningdek, Afrikadagi Covid – 19 bilan bog’liq birinchi ma’lum o’limdir.
Shu bilan birga, Germaniyada tasdiqlangan koronavirus infeksiyalari soni o’sishda davom etmoqda. Robert Koch instituti xabariga ko’ra yakshanba kuni soat 3:00 da jami 902 ta holat qayd etilgan, ularning aksariyati Shimoliy Reyn-Vestfaliya (NRW), undan keyin Baden-Vürtemberg va Bavariyada deyiladi xabarda.
Juma kuni sog’liqni saqlash vaziri Yens Spaxn Germaniya aholisini yuqori xavfli hududlardan qochishga chaqirgan.