U premer-ligaga moslashib ketdi, deyiladi “Sports” nashri xabarida.

“Manchester Yunayted” klubi yarim himoyachisi Brunu Fernandesh Angliya premer-ligasining o‘tgan fevral oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqida tashkilot rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Ma’lumot uchun, 25 yoshli portugaliyalik futbolchi fevral oyida jami 3 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Eslatib o‘tamiz, Brunu Fernandesh MYu safiga joriy yilning yanvar oyida “Sporting” klubidan ko‘chib o‘tgan va 5 yillik shartnoma imzolagan edi.