AQSHda El Capitan deb nomlangan, dunyodagi eng kuchli superkompyuter yaratildi.

Superkompyuterni Hewlett Packard va AMD kompaniyalari AQSH energetika vazirligi buyurtmasi bilan ishlab chiqqan. Uning hisoblash imkoniyatlari eng kuchli 200 ta superkompyuterning birgalikda olingan imkoniyatlariga teng.
Yangi superkompyuter 2023-yildan toʻlaqonli qoʻllaniladi. U yadro quroli, iqlim, genlar mutatsiyasi tahlili, dori-darmon izlash bilan bogʻliq masalalarni hal etadi.
Qurilma AMDʼning Zen 4 arxitekturali protsessorlari bilan jihozlandi. Bu protsessorlar 2021-yildagina sotuvga chiqariladi.
El Capitan soniyasiga 2 000 000 000 000 000 000 (millionta trillion) ta operatsiyani bajara oladi.
Taʼkidlanishicha, yangi superkompyuter hozirgi eng kuchli superkompyuterdan 10-marta kuchliroqdir.