Foto: Tech.thaivisa.com

Internet tezligi bo‘yicha umumiy reytingida O‘zbekiston hozirgi kunda 104-pog‘onani egallab to‘ribdi va o‘tgan yili yanvar holatiga nisbatan 15 pozitsiyaga ko‘tarildi. Bu mazkur davr bo‘yicha eng yuqori o‘sish bo‘ldi! Yanvar holatiga ko‘ra biz bir qator davlatlardan oldindamiz – Gruziya (107-o‘rin), Ozarbayjon (116-o‘rin), Tojikiston (109-o‘rin), Turkmaniston (176-o‘rin), deyiladi xabarda.

Umuman oxirgi yil natijalariga ko‘ra O‘zbekistonda aniqlangan internet tezligi 2,4 barovar o‘sdi – 10,89 Mbit/c dan (2019 yil yanvar holatiga) 25,75 Mbit/c gacha (2020 yil yanvar holatiga).

Foto: Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati

Mobil internet tezligini oshirishda ham O‘zbekiston bir qator muvaffaqiyatlarga erishdi: hozirgi kunda mamlakatimiz 132-o‘rinni egalab, 2019 yil dekabr holatiga ikkita pozitsiyaga, yil yakuni bo‘yicha esa beshta pozitsiyaga ko‘tarildi.

Ma’lumot uchun, Speedtest portali Internet tezligini tekshirish uchun umumjahon internet foydalanuvchilar tomonidan ishlatiladi. Portal fodalanuvchilar tomonidan berilgan ma’lumotlar asosida tahlil olib boradi va ma’lumotlarni doimiy ravishda reyting tayyorlaydi va e’lon qiladi.