Foto: Google

Murojaat muallifi qishda ayrim tumanlarda gaz yo‘qligi sababli oilalarda isitish pechi ishlatilayotganini yozgan. Bu esa o‘z navbatida elektr energiyasi uchun ko‘p pul to‘lashga sabab bo‘layapti. Shularni inobatga olgan holda, qishda uning narxini 30-40 foizga arzon qilish taklifi ilgari surildi.

Shuningdek, murojaatda boshqa davlatlarda kunduzgi va kechqurungi, tuman va qishloqlarda shahar markazidan arzonroq tariflar borligi misol qilindi. Agar ushbu taklif qabul qilinsa aholi uylarini isitish bilan bog‘liq muammolarga kamroq duch kelishi ta’kidlandi.