Foto: Prezident matbuot xizmati

“Esonbugʻa” xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Turkiya hukumati aʼzolari, Anqara muzofoti va shahri rahbariyati, boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Bugun Prezidentlar raisligida Oliy darajadagi strategik hamkorlik kengashining birinchi yigʻilishi boʻlib oʻtadi. Muzokaralarda koʻp qirrali Oʻzbekiston-Turkiya munosabatlari, avvalo siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy, transport-kommunikatsiya, taʼlim, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilinadi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati