Foto: Sputnik

«Huquqiy axborot» kanali xabar berishicha, qarorga muvofiq, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish sharoitlariga ko‘ra mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining birinchi o‘rinbosari – vazirga hamda vazirlik hududiy bo‘linmalari boshliqlari birinchi o‘rinbosarlari – vazirlik hududiy bo‘linmalari boshliqlariga tenglashtiriladi.

Har bir mahallada tadbirkorlik sub’yektlari – yuridik shaxslarni faol jalb qilish hisobiga fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi kompleksi davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida quriladi.

Fuqarolar yig‘inlariga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun ijtimoiy dasturlar, shu jumladan «Har bir oila – tadbirkor» dasturi, «Hunarmandchilikni rivojlantirish dasturi», «Yoshlar – kelajagimiz» dasturi asosida imtiyozli kreditlar ajratiladi.

Qaror bilan, shuningdek, komplekslarni qurish uchun davlat-xususiy sheriklikning asosiy shartlari belgilandi.

Komplekslarni qurish uchun yer uchastkalarini tanlab olish mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan vazirlik bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.

2020-yil 1-iyulga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman va shaharlar markazlarida «Mahalla markazi» majmualari binolarini qurish (rekonstruksiya qilish, ta’mirlash) ishlari yakunlanadi.

Qaror bilan Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining tashkiliy tuzilmasi, 99 shtat birligidan iborat markaziy apparatining tuzilmasi, shuningdek hududiy boshqarma va bo‘limlarining namunaviy tuzilmasi tasdiqlandi, deyiladi xabarda.