Foto: O’zA

Koreya texnologiyalari asosidagi bu usul ayni paytda Quyi Chirchiq, Sho‘rtan, Bobotog‘, Uzun o‘rmon xo‘jaliklaridagi issiqxonalarda yetishtirilmoqda.

Naycha orqali ko‘payadigan ko‘chat 2-3 yil hosil beradi. Mutaxassislarning fikricha, tomchilatib sug‘orish natijasida o‘simlik ildizigacha suv yetib boradi, ozuqa ham shu tartibda beriladi. Yangi texnologiya asosida qish oylarida ham qulupnay yetishtirish mumkin. Yangi usul samara bersa o‘rmon xo‘jaliklari qulupnay eksportini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirgan.