Foto: Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi matbuot xizmati

Xabar qilinishicha, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

18 fevral kuni soat 21:50larda Sirdaryo viloyati, Guliston shahar «Metan Rivoj Savdo» MChJ ga qarashli metan gaz quyish shahobchasida Bulungur tumanida yashovchi M.N. boshqaruvidagi «PAZ» rusumli yuk tashish uchun mo‘ljallangan avtobus gaz to‘ldirayotgan vaqtda tepa qismiga o‘rnatilgan gaz balloni portlab ketgan.

Natijada, avtobusga moddiy zarar yetgan. Shu bilan birgalikda avtobus atrofida turgan Romitan tumanida yashovchi N.S. boshqaruvchidagi “MAN” rusumli yuk avtomashinasining old oynasiga hamda Mirzaobod tumanida yashovchi A.K. boshqaruvidagi “UAZ-3962” rusumli transport vositasining old qismiga temir parchasi uchib kelib tekkan.

Ushbu hodisada tan jarohati olganlar va boshqa zarar ko‘rganlar mavjud emas.

Holat yuzasidan Guliston shahar IIO va FMB huzuridagi TB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.