Foto: Drive.ru

Misol uchun, “Lexus LX-570” rusumli transport vositasi egasi 2019 yil davomida 29 marta belgilangan tezlikni oshirishga yo‘l qo‘yganligi aniqlangan.

IIV bu toifadagi haydovchilar bilan profilaktik choralar ko‘rilishi natijasida mazkur transport vositasi haydovchisi 2020 yilda hali bunday qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ymasligi tarafdori ekanligini bildirdi. 

Shuningdek, haydovchilarga tezlikni oshirib, radarga tushish obro‘ni oshirmasligini, aksincha oilaviy byudjetga yoki og‘ir oqibatli yo‘l-transport hodisalarini keltirib chiqarishga, begunoh insonlarning hayotdan bevaqt ko‘z yumishiga yoki bir umrga nogiron bo‘lib qolishiga olib kelishini eslatdi.